Get Mystery Box with random crypto!

Tesla 2022-yildan arzonlashtirilgan elektromobillar ishlab chi | Narxi💲Soni Qancha

Tesla 2022-yildan arzonlashtirilgan elektromobillar ishlab chiqaradi

Tesla kompaniyasi keyingi 1 yil ichida o'z tarixidagi eng arzon elektromobillarni ishlab chiqarish va sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu elektromobilning narxi $25 000 atrofida bo'ladi. Lekin uning ko'rinishi, nomi haqida hali rasmiy ma'lumot berilmagan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, avtomobil Tesla Model 3 asosida ishlab chiqariladi va ko'rinishi katta ehtimol bilan rasmdagidek bo'ladi. U bitta quvvatlanish bilan 320 km masofani bosib o'tadi va bunday elektromobillar birinchi Xitoy va Germaniyadagi zavodlarida ishlab chiqarila boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, hozirda Tesla'ning eng arzon elektromobili Tesla Model 3 bo'lib, uning narxi $38 000 dan boshlanadi.

@Narxi_Soniqancha