Get Mystery Box with random crypto!

Nasafiy mualliflik huquqini buzganligi uchun jarimaga tortildi | Narxi💲Soni Qancha

Nasafiy mualliflik huquqini buzganligi uchun jarimaga tortildi

Qo'shiqchi Nasafiy (asl ismi Aziziddin Akmalov) O'zbekiston xalq artisti Sherali Jo'rayevning "Qora ko'zli sanamjon" nomli qo'shig'ini muallifning roziligisiz ijro etib, internet tarmoqlariga joylagan va bu qo'shiq unga mashxurlik va moddiy foyda olib kelgan.

Intellektual agentligi, Nasafiyni mualliflik huquqini buzganligi uchun sudga ma'lumotnoma kiritgan va qo'shiqchiga BHM'ning 3 baravari miqdorida ya'ni 669 ming so'm jarima solingan.

Mualliflik huquqi boshqa davlatlarda qanday darajada qadrli?

Xorijiy davlatlarda bunday holatlar uchun katta jarima solinadi, chunki mualliflik huquqi katta ahamiyatga ega. Misol uchun, Britaniyalik qo'shiqchi George Harrison'ning qo'shiq kuyida "The Chiffons" guruhining qo'shig'idagi kuy bilan o'xshashlik bo'lgan. George esa shu oddiygina o'xshashlik uchun $587 ming jarimaga tortilgan.

@Narxi_Soniqancha