Get Mystery Box with random crypto!

Narpay Live 🔴 Расмий канал

Telegram kanalining logotibi narpayliklar_live — Narpay Live 🔴 Расмий канал N
Telegram kanalining logotibi narpayliklar_live — Narpay Live 🔴 Расмий канал
Kanal manzili: @narpayliklar_live
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.85K
Kanalning ta’rifi

⚡Narpay tumaniga doir tezkor yangiliklar va kayfiyat koʻtaruvchi xabarlarni, Telegram orqali Tezkor yetkazib beruvchi kanal!
Reklama uchun : @narpay_ads
✍️ Voqea va xodisaga guvoh boʻldingizmi
bizga yuboring @speed_admin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-02 11:23:53
BUGUN ZIYORATGOHLAR VA QABRISTONLARDA KENG KO‘LAMDA HASHAR O‘TKAZILMOQDA

Ulamolarimiz qabrlarni ehtirom qilishlikni sunnat ekanligini taʼkidlashgan. Ota-bobolarimiz mangu qo‘nim topgan joy – qabristonlarni tozalash biz tiriklarning muqaddas burchimizdir.

Shu kabi yo‘llar atrofi, guzarlar, xonadonlarni toza-ozoda tutish madaniyat belgisidir.

Bugun qabristonlar, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha Narpay tumani bo‘ylab, katta hashar bo‘lib o‘tmoqda.

Barcha fuqarolardan mahallangizdagi qabriston va ziyoratgohlarni tozaligiga befarq bo‘lmasliklariga chaqiramiz

Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
82 views08:23
Ochish/sharhlash
2023-04-02 06:07:32
8 та танга, 8 та тирноқ ва 10 та игнани ютиб юборган пенсионер аёл тирик қолди

Россиялик 72 ёшли пенсионер аёл қориндаги кучли оғриқлар шикояти билан Москва яқинидаги Долгопрудний шифохонасига ётқизилган.

Шифокорлар текширув ўтказиб, унинг қорин бўшлиғида кўплаб бегона жисмларни аниқлади.

Текширувларда маълум бўлишича, аёл танга, игна ва михларни ютиб юборган. Бемор шошилинч операция қилинган. Натижада, 8 та танга, 8 та тирноқ ва 10 та игна эндоскопик усулда олиб ташланди.

Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
670 views03:07
Ochish/sharhlash
2023-04-01 21:04:00
Namoz vaqtlari «Narpay tumani» vaqti bo'yicha

sana: 2023 yil 2-aprеl, yakshanba

hijriy: 1444 yil 11-Ramazon

tong (saharlik): 04:59

quyosh: 06:20

peshin: 12:40

asr: 17:10

shom (iftorlik): 19:06

xufton: 20:17

----------------------------------

#namoz_vaqtlari #roza_vaqtlari

Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
38 views18:04
Ochish/sharhlash
2023-04-01 21:00:36
Жим бўлиб кетган дўстлар ва группаларга юбориб қўйинг!

Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
84 views18:00
Ochish/sharhlash
2023-04-01 20:11:00
Pasport Topib olingan egasi shu raqamga telefon qilishingizni soraymiz

Tarqating

+998881514040
66 views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-01 17:09:45
NARPAYDA ILK BOR MURAKKAB ORTOPEDIK OPERATSIYA

Tumanimizda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining birinchi ortopediya bo‘limi shifokorlari murakkab ortopedik operatsiya o‘tkazishdi.

Sonlarning tug‘ma chiqishi bo‘yicha yuqori texnologik rekanstruktiv operatsiyasida tuman tibbiyot birlashmasi mutaxasislari ham ishtirok etdilar.

Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.
___

НАРПАЙДА ИЛК БОР МУРАККАБ ОРТОПЕДИК ОПЕРАЦИЯ

Туманими
зда вилоят кўп тармоқли болалар тиббиёт марказининг биринчи ортопедия бўлими шифокорлари мураккаб ортопедик операция ўтказишди.

Сонларнинг туғма чиқиши бўйича юқори технологик реканструктив операциясида туман тиббиёт бирлашмаси мутахасислари ҳам иштирок этдилар.

Операция муваффақиятли якунланди.


Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
243 views14:09
Ochish/sharhlash
2023-04-01 14:28:12
“YOSh GVARDIYACHILAR” BELLASHUVI

Milliy gvardiyaning tuman qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Yosh gvardiyachilar” musobaqasi tashkil etildi. Umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu musobaqada jamoalar saf ko‘rigi, qurol yig‘ish va favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqada yuqori o‘rinni egallagan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
___

“ЁШ ГВАРДИЯЧИЛАР” БЕЛЛАШУВИ

Миллий г
вардиянинг туман қўриқлаш хизмати ходимлари томонидан “Ёш гвардиячилар” мусобақаси ташкил этилди. Умумтаълим мактаблари ўқувчилари ўртасида ўтказилган ушбу мусобақада жамоалар саф кўриги, қурол йиғиш ва фавқулодда вазиятларда ҳаракатланиш бўйича ўзаро беллашдилар.

Мусобақада юқори ўринни эгаллаган жамоалар ташкилотчилар томонидан муносиб рағбатлантирилди.


Narpa
yliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
103 views11:28
Ochish/sharhlash
2023-04-01 14:27:47
#Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!

BIR KUNDA 13 HUDUDDA TARG‘IBOT TADBIRI

Bugun tumanning turli hududlarida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Jumladan, tuman prokuraturasi, soliq idorasi, shu kabi Zirabuloq, Barkamol, Bo‘ston, Birlik, Salovat mahallalari hamda bir necha umumtaʼlim maktablarida soha vakillari, aholi, o‘qituvchi va ota-onalar ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi.

Targ‘ibot tadbirlarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida xalq uchun keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topganligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, sohalarga oid moddalarga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan tushunchalar berildi.


Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
102 views11:27
Ochish/sharhlash
2023-03-31 20:39:12
Ўзбекистон қуролли кучлари бригадасининг тактик ўқув машғулотлари

Ўзбекистон армияси қандай қуролларга эга эканини кўринг

Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
95 viewsedited  17:39
Ochish/sharhlash
2023-03-31 20:37:02
Диққат фирибгарларга алданманг!

Телеграмда одамларнинг пулини ўғрилашнинг янгича турларини ўйлаб топишмоқда. Бу сафар гўёки мусодара қилинган товарлар номи билан гуруҳ очиб, ақлбовар қилмас нархларда турли буюмларни жойлаштиришмоқда.

Уларнинг иккита мақсади бўлади. Биринчи навбатда сиздан ўша товар учун олдиндан пул ўтказишингизни ёки, пластик маълумотларингизни, келадиган SMS-кодни сўрайди. Ёки пул ўтказганингиздан йўқолиб қолишади. Ёки ўзлари пулингизни ечиб олишади.

Қўшимчасига гуруҳига одам йиғиб уни номини ўзгартириб бошқа мақсадларда фойдаланишади.

Бундай арзонгаров ёлғонларга ишонманг, бунақа нархдаги маҳсулотлар бўлганида телеграмга қўйилмасдан сотилиб кетган бўларди. Кейин мусодара қилинадиган товарни телеграм гуруҳ юритадиган фирибгарлар эмас, давлат томонидан масъул қилинган ташкилотлар амалга оширади ва у сотувга чиқарилмайди.

Narpayliklarga Qoʻshiling
@Narpay_live
97 views17:37
Ochish/sharhlash