Get Mystery Box with random crypto!

TURKIYALIK INVESTOR NARPAYDA Sir emaski, so‘ngi vaqtlarda tum | Narpay.uz | Rasmiy kanal

TURKIYALIK INVESTOR NARPAYDA

Sir emaski, so‘ngi vaqtlarda tumanimizda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar natijalari navbati bilan ko‘zga tashlanib bormoqda.

Bunga misol qilib, oxirgi olti oy mobaynida ishga tushirilgan shuncha korxonalarni hamda 6 oyda ishlab chiqarish hajmini 323,7 milliard so‘mga yetganini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Shu ishlarni barqaror davom ettirish maqsadida mahalliy va xorijiy investorlar bilan hamkorlar bilan ishlar jadal olib borilmoqda.

Jumladan, bugun tumanimizga Turkiya davlatidan investor tadbirkorlar tashrif buyurdi. Yirik tadbirkor Ali Osman Kayis Salomatlik savdo MCHJ korxonasi bilan hamkorlikda chorva hamda parrandalar uchun omuxta yem ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagida.

Bugun tuman hokimi ushbu korxonalar rahbarlari bilan uchrashib muzokara o‘tkazdi.

Kelgusida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini taʼminlash va sifatli mahsulot ishlab chiqarish haqida so‘z yuritildi.