Get Mystery Box with random crypto!

MAHALLA – ULUG‘ QADRIYATLARIMIZ BESHIGI Mamlakatimizni barqar | Narpay.uz | Rasmiy kanal

MAHALLA – ULUG‘ QADRIYATLARIMIZ BESHIGI

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Shu sababli, tuman hokimi IIB boshlig‘i va tegishli masʼullar hamrohligida ZOOM platformasi orqali "mahalla beshligi" bilan muhokama o‘tkazdi.

Yig‘ilishda joriy haftada aholi murojaatlari bilan ishlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, obodonchilikka eʼtibor qaratish yuzasidan so‘z yuritildi.

Murojaatlar bilan ishlashda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan mahalla vakillari tanqid ostiga olindi.

Shu kabi ijtimoiy ahvoli og‘ir xonadonlardan xabar olish, obodonlashtirish ishlari haqida ham gapirildi.