Get Mystery Box with random crypto!

DASHT VA LALMI YERLAR O’ZLASHTIRILISHI SAMARASI Narpay tumani | Narpay.uz | Rasmiy kanal

DASHT VA LALMI YERLAR O’ZLASHTIRILISHI SAMARASI

Narpay tumanida bog’dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan “Innovatsion bog’dorchilik” fermer xo’jaligi o’tgan yili tumanning tog’oldi xududlaridagi suv chiqmaydigan lalmi yerlarni o’zlashtirish ishlariga kirishgan edi.

Qanchalik mashaqqatli bo’lmasin, xo’jalik mas’ullari bu ishni uddasidan chiqishdi. Deyarli 8,0 mlrd. so’m jalb etilgan loyiha amalga oshirilishi natijasida birinchi bosqichda 200 gektarga yaqin yer to’liq o’zlashtirildi va tomchilatib sug’orish tizimi joriy etildi. 3,5 km elektr energiyasi tarmog’i xo’jalik xisobodan tortilib, o’zlashtirilgan maydonga dastavval no’xat va qisman makka jo’xori ekildi.

Tuman hokimi va qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosar xamrohligida bugun o’zlashtirilgan yer maydonini ko’zdan kechirdi. Fermer xo’jaligi raisi bilan mavjud muammolar va ikkinchi bosqichda o’zlashtiriladigan 300 gektar yer maydoni yuzasidan qilinadigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.