Get Mystery Box with random crypto!

Hokim tabrigi YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ Assal | Narpay.uz | Rasmiy kanal

Hokim tabrigi

YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ

Assalomu alaykum, aziz hamyurtlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman.

Bu yilgi eng ulug‘, eng aziz bayramimiz “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan shior ostida nishonlanmoqda.

Mustaqillik – bu shunchaki oddiy so‘z emas. Buning zamirida ota-bobolarimizning ushalmagan armonlari, Xalqimizning orzulari ro‘yobi mujassam.

Bizning insoniy qadr-qimmatimizni, g‘urur va shaʼnimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

Fursatdan foydalanib, siz qadrdonlarimni, moʻtabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimizni, butun xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sherzod RAHMONOV,
Narpay tumani hokimi.