Get Mystery Box with random crypto!

VAʼDAGA VAFO Yodingizda bo‘lsa, tuman hokimi shu yilning 24 i | Narpay.uz | Rasmiy kanal

VAʼDAGA VAFO

Yodingizda bo‘lsa, tuman hokimi shu yilning 24 iyun kuni "Davrnur" bazmgohida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvda Mustaqillik mahallasida yashovchi Nurbek Toshturdiyev hamda "Dedan"lik Zafarbek Turdiyevlar fan olimpiadalari va boshqa ko‘rik-tanlovlarda erishgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tishgandi. Tuman rahbari bu yoshlar agar oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishsa, ularni alohida rag‘batlantirishini aytib, ruhlantirgandi.

Hokim vaʼdaga binoan talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan N. Toshturdiyev va Z. Turdiyevlar xonadonida bo‘lib, ota-onalari va mahalla faollari oldida ularning biriga noutbuk, boshqasiga planshet sovg‘a qildi.