Get Mystery Box with random crypto!

TURKIYADA BIRINCHI BO‘LGAN NODIRBEK O‘ZBEKISTON IFTIXORI BO‘LD | Narpay.uz | Rasmiy kanal

TURKIYADA BIRINCHI BO‘LGAN NODIRBEK O‘ZBEKISTON IFTIXORI BO‘LDI

Asli Narpaylik taniqli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat musobaqasida munosib ishtirok etdi.

Turkiya superligasi musobaqasida shaxmatchilar jamoalarga bo‘lingan holda 13 raund o‘zaro bahs olib bordi. N. Abdusattorov “Turk havo yo‘llari” shaxmat klubi tarkibida dona surdi. Bu jamoa umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Nodirbek liga yakunida 9 ochko jamg‘arib, ikkinchi doskada shaxsiy ko‘rsartkichlar bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayram tadbirida Nodirbekka O’zbekiston iftixori davlat mukofotlarini topshirdi.