Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunda o'g'li va kelinini ajratishga intiladigan qaynon | 𝗣𝘀𝗶𝘅𝗼𝘀𝗼𝗺𝗮𝘁𝗶𝗸𝗮

Bugungi kunda o'g'li va kelinini ajratishga intiladigan qaynonalar haqida tez-tez eshitib turish mumkin. Hatto yosh kelin-kuyovning xonasida ótiradigan, istalgan vaqtda kirib keladiganlari ham mavjud.

Bunday oilaga odatda ózi ham shaxsiy chegaralar bólmagan, disfunksional oilada ulg'aygan qizlar kelin bólib boradi. Yigitning "Birinchi órinda onam, sen esa ikkinchi órindasan" degan gapidan xavotir olish órniga, hurmat his qilishi mumkin.

O'g'lini qizg'anadigan onalar odatda u bilan qaram munosabatlar órnatgan bóladi. Eri bilan munosabatlari esa yo juda og'ir, yo zaif, yo umuman yóq (ajrashuv yoki ólim tufayli). O'g'il ham "yomon" otadan asrash uchun onasi bilan birlik órnatadi va qaram munosabat ishtirokchisiga aylanadi.

Farzandining hayotida boshqa ayol paydo bólishi — qaram ona uchun juda qórqinchlidir.
Borderline shaxs buzilishiga ega ona bunday paytda juda kuchli qórquv his qiladi — yolg'iz qolish va chetlatilishdan. Axir u faqat ikki kishilik birlik ichida umumiy "dushman"ga qarshi nafrat his qilib yashashga órgangan. Yosh oilaning hayotiga aralashish esa — kelini o'g'lini onasiga qarshi "qayramayotgani"ga, o'g'li hali xotiniga u qadar yaqinlashmaganiga amin bólish uchun kerak.
Onada shaxs buzilishi qanchalik chuqur bólsa, juftlikning hayotiga aralashish borasidagi intilishlari shu darajada xunuk kórinish oladi.

Onalar nafaqat o'g'li, balki qizi bilan ham qaram munosabatlar órnatishi mumkin. Bunda ham qizini kuyovidan ajrashtirish tendensiyasi mavjud bóladi.

Ps. Sara.