Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar muammolari o'rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi | Алишер.uz

Yoshlar muammolari o'rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi A.Narbayev Urgut tumanidan biriktirilgan xorijiy migratsiyadan qaytgan va muntazam dars qoldiruvchi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta'minlash, kredit olish, subsidiya tariqasida asbob-uskuna olish hamda qo‘shimcha tògaraklarga jalb qilish borasidagi muammolari yechiladigan bòldi.
Jumladan, Toshariq MFYdan yashovchi Olimov Sherzod tumandagi kollejda ish boshlab bandligi ta'minlanadigan bo‘ldi.

https://t.me/SamTvr