Get Mystery Box with random crypto!

“Yoz mavsumining eng yaxshi kitobsevar bilimdoni” tanlovida qa | •Bolalar kutubxonasi/Rasmiy kanal

“Yoz mavsumining eng yaxshi kitobsevar bilimdoni” tanlovida qatnashish shartlari va talablari:

– tanlovda qatnashish uchun telegramdagi @XTV_respublika_bolalar_kutubxona kanaliga ulanish lozim;

– tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari qatnashishlari mumkin.

– tanlovda har kuni soat 11:00 da bir dona badiiy asar muhokama uchun tavsiya etiladi.

–tanlov ishtirokchisi tavsiya etilgan asar haqida o‘zlarining fikrlarini bildirishlari kerak. Kun davomida qoldirilgan izohlar orasidan kitob haqida batafsil va eng yaxshi izoh qoldirgan ishtirokchi kun g‘olibi deb e’lon qilinadi.

Berilgan asar haqida izohlarni @kitobsevar_bilimdon manzilida yozish kerak.

Bilimingizga ishonasizmi? Unda haqiqiy kitobxon ekanligingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

***
Eslatma: Izoh yozishdan avval ism-familiya va viloyat, tuman hamda maktab raqamini yozishni so'raymiz!

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site