Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Namangan davlat pedagogika institutining Ilmiy ishlar, i | Namangan davlat pedagogika instituti 🏛

Bugun Namangan davlat pedagogika institutining Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “ABU RAYHON BERUNIY HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY FAOLIYATI HAMDA UNING JAHON TAMADDUNI RIVOJIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI” mavzusida Institut talabalariga seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri A.Abdullayev, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshligʻi J.Yuldashev, shuningdek, Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshligʻi R.Akbarovlar Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi, hayot yo'li hamda yosh avlod tarbiyasi haqidagi pedagogik qarashlari haqida ma'lumotlar berib o'tdilar.

Tadbir davomida talabalar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori
https://t.me/NamDPI_iqtidorli

Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube