Get Mystery Box with random crypto!

#Xushxabar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan | Namangan shahridagi Prezident maktabi

#Xushxabar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflari uchun MATEMATIKA darsligi yaratildi.

Ushbu darslikda:

o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil vaziyatlarda qo‘llash, masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilgan;
muammoli hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ulushi oshirildi, loyiha ishlari, summativ baholash namunalari berildi.

Darslikda matnli masalalar guruhlarga ajratildi, jumladan:

Ishga oid masalalar;
Mantiqiy masalalar;
Iqtisodiy mazmundagi masalalar;
Harakatga oid masalalar;
Quyish va tortishga doir masalalar.

Masalalar mazmuniga mos ravishda chizilgan rasm va chizmalar mavzuni chuqurroq anglashga, masalalarni idrok qilib ishlashga yordam beradi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube