Get Mystery Box with random crypto!

#Tafsir G'oshiya surasi — Makkada nozil bo’lgan 26 oyatdan ib | Namoz Vaqtlari Namangan v. b.

#Tafsir

G'oshiya surasi — Makkada nozil bo’lgan 26 oyatdan iborat

Bismillahir rohmanir rohiym
1. Batahqiq, senga G'oshiyaning xabari keldi.
2. O'shal Kunda bir chehralar qo'rquvchidir...
3. Ishlovchidir, charchovchidir.
4. O'ta qizigan o'tga kirib, kuyadir.
5. Qaynab turgan buloqdan sug'oradilar.
6. Ularga tikandan boshqa taom yo'qdir.
7. U na semirtiradi va na ochlikni ketkazadi.
8. O'shal kunda bir chehralar ne'matlanuvchidir.
9. O'z sa'y-harakatlaridan rozidirlar.
10. Oliy darajali jannatdadirlar.
11. Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar.
12. Unda oqib turgan buloqlar (bordir)...
13. Unda baland-baland so'rilar...
14. va tayyorlab qo'yilgan qadahlar...
15. va saf-saf qilib tuzilgan yostiqlar...
16. va hamma yoqqa to'shalgan gilamlar (bordir).
17. Ular nazar solmasmilar tuyaning qanday yaratilganiga...
18. va osmonning qanday ko'tarilganiga...
19. va tog'larning qanday o'rnashtirilganiga...
20. va yerning qanday tekislab qo'yilganiga?
21. Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan, xolos.
22. Sen ularning ustidan hukm o'tkazuvchi emassan.
23. Kim yuz o'girsa va kofir bo'lsa,
24. bas, uni Alloh katta azob bilan azoblaydi.
25. Albatta, ularning qaytishi Bizgadir.
26. So'ngra, albatta, ularning hisob-kitobi ham Bizda bo'ladi.

Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning Tafsiri Hilol 30-juz kitoblari (229-238 sahifalar)