Get Mystery Box with random crypto!

#Tafsir Fajr surasi — Makkada nozil bo’lgan 30 oyatdan iborat | Namoz Vaqtlari Namangan v. b.

#Tafsir

Fajr surasi — Makkada nozil bo’lgan 30 oyatdan iborat

Bismillahir rohmanir rohiym
1. Fajr bilan qasam
2. Va o'n kecha bilan qasam.
3. Va juftu toq bilan qasam.
4. Va yurgan tun bilan qasam.
5. Mana shunda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bormi?!
6. Robbing Odni qanday qilganini bilmadingmi...
7. baland ustunli Iramga —
8. uning o'xshashi (boshqa) o'lkalarda xalq qilinmaganga...
9. va vodiyda xarsang toshlarni yo'ngan Samudga...
10. va ko'p qoziqlari bor Fir'avnga.
11. Ular o'lkalarda tug'yonga ketgan edilar.
12. Ularda buzg'unchilikni ko'paytirgan edilar.
13. Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni qo'ydi.
14. Albatta, Robbing poylab turuvchidir.
15. Bas, qachon Robbi insonni sinash uchun ikrom qilsa va ne'matlantirsa, "Meni Robbim ikrom qildi",deydi.
16. Qachon Robbi uni sinash uchun rizqini tor qilib qo'ysa, u: "Robbim meni xorladi", deydi.
17. Yo'q! Balki sizlar yetimlarni ikrom qilmaysizlar.
18. Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamaysizlar.
19. Va merosni jamlab, yeysizlar.
20. Va molni ko'p yaxshi ko'rasizlar.
21. Yo'q! Vaqtiki, yer parcha-parcha qilib yuborilsa...
22. Va Robbing va farishtalar saf-saf bo'lib kelsa...
23. Va o'sha Kunda jahannam keltiriladi. O'sha kunda inson eslaydi, lekin unga eslash(dan foyda) qani?!
24. U: "Eh, qani edi, hayotimga biror narsa taqdim qilganimda!" deydi.
25. Bas, o'sha Kunda Uning azobiga o'xshash hech kim azoblamaydi.
26. Va Uning bog'lashiga o'xshash hech kim bog'lamaydi.
27. Ey xotirjam nafs!
28. Robbingga sen Undan, U sendan rozi bo'lgan holda qayt!
29. Bas, bandalarim ichiga kirgin!
30. Va jannatimga kirgin!

Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning Tafsiri Hilol 30-juz kitoblari (239-251 sahifalar)