Get Mystery Box with random crypto!

Jaziriy o'z asarlarida duolar qabul bo'lishining quyidagi shar | @NamozVaqti_Nomozvaqti_taqvim

Jaziriy o'z asarlarida duolar qabul bo'lishining quyidagi shartlarini zikr qilganlar:

1. Yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo'lmasligi lozim.

2. Duo paytida ixlosli bo'lishi zarur.

3. Musulmonlarga qarshi bo'lmasligi kerak.

4. Kiyimlari g'oyat toza bo'lishi darkor.

5. Tahoratli bo'lishi lozim.

6. Qiblaga yuzlangan holda duo qilishi zarur.

7. Tiz cho'kib o'tirgan holda duo qilsin.

8. Avval nafl namozi o'qimog'i darkor.

9. Xayr-ehsonlar qilishi kerak.

10. Kambag'allar va ilm toliblarini xursand qilsin.

11. Duoni Alloh taologa hamd-sanolar bilan boshlamog'i lozim.

12. Payg'ambarimizga, barcha nabiylarga, as'hobi kiromga salovot-durudlar aytmog'i zarur.

13. Eng afzal salovot-namozdagi «Allohumma solli», «Allohumma barik»ni qancha ko'p o'qisa, duosi shuncha tez qabul bo'ladi.

14. Qo'llarini ko'ksi barobar ko'tarib, hovuchlarini ochib, kaftlarini birlashtirib duo qilmog'i darkor.

15. Duo odobiga rioya qilmog'i kerak.

16. Alloh taologa xushu' va xuzu' bilan yolbormog'i lozim.

17. Alloh taoloning go'zal ismlari (Asmai husna)ni o'qib, tilagini tilamog'i zarur.

18. Hafif (muloyim) ovoz bilan Alloh taologa yolbormog'i kerak.

19. Gunohlarini e'tirof etib, Allohdan afv va mag'firat so'rashi darkor.

20. Payg'ambarlardan vorid bo'lgan sahih duolarni o'qimog'i lozim.

21. Duolarni takror-takror aytmog'i zarur.

22. Tilagini qalb huzuri bilan so'rasin.

23. Duosini hamdu-sano va salovotu durudlar bilan yakunlamog'i kerak.

24. Qo'llarini duodan so'ng yuziga surtsin.

25. Va duosi qabul bo'lishini umid qilmog'i darkor.

Shuni unutmaslik kerakki, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duoda dunyo va oxirat saodatini tilamoqni tavsiya etganlar.

Namoz vaqtlari kanali
https://t.me/+RTXeCLAxz2CqNsbt

@Zvideotomp3_bot Video Maruzalarni mp3 qilib beradi!