Get Mystery Box with random crypto!

'Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh s | @NamozVaqti_Nomozvaqti_taqvim

"Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:

أَسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ

«Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi», deb aytsa, (Alloh hatto) urushdan qochgandagi gunohini ham kechirib yuboradi», dedilar.

(Ma'nosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini so'rayman va Unga tavba qilaman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

اللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

«Allohumma mag'firatuka avsa'u min zunubiy va rohmatuka arja 'indiy min 'amaliy», deb ayt», dedilar. U bu duoni o'qidi. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So'ngra yana takrorla, dedilar. U yana takrorladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag'firat qilinding», dedilar.

(Ma'nosi: Allohim, mag'firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim rivoyatlari.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta

يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِيْنَ

«Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan so'ragin, deyishadi». Imom Hokim rivoyatlari."

Namoz vaqtlari kanali
https://t.me/+RTXeCLAxz2CqNsbt

@Zvideotomp3_bot Video Maruzalarni mp3 qilib beradi!