Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zlarimga termul, gunohlaring to'kilsin Er shosha-pisha osh | Namoz Vaqti 🌙

Ko'zlarimga termul, gunohlaring to'kilsin

Er shosha-pisha oshxonada kuymalanayotgan ayolining oldiga keldi:
- Menga kara, koʻzlarimga qara-chi?
Ayol hayron tikildi xojasiga:
- Nima boʻldi, tinchlikmi?
Koʻzimga nimadir boʻlibdimi?
Er so'zsiz termilib turaverdi jufti halolining koʻzlariga. Bir muddat tikilar ekan:
- Alhamdulillah! - dedi er.
Ertalab ogʻir uygʻondim.
Hanuz bu ogʻirlik ezaverdi yelkamni.
“Juftlar bir-biriga muhabbat bilan tikilsalar gunohlari toʻkiladi”, degan hadis keldi xayolimga. Yoningga yugurdim.
Allohga shukr, koʻzlaringga tikilgandim ruhim yengillashdi...
Er shunday deya qanday shoshib kirgan boʻlsa, shunday shoshilib oshxonadan chiqdida, yana ishiga bosh shoʻngʻidi.