Get Mystery Box with random crypto!

#Quron_oyatlari Moida surasi 5-oyat الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ ا | Namoz vaqti️ | Намоз вактлари

#Quron_oyatlari
Moida surasi 5-oyat
الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُۖ وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ حِلٌّ لَّكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلٌّ لَّهُمْۖ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ وَلَا مُتَّخِذِي أَخْدَانٍۗ وَمَن يَكْفُرْ بِالْإِيمَانِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ

Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa moʻminalar va sizdan oldin kitob berilganlardan boʻlgan afiyfalar ham, agar iffatli boʻlgan holingizda, zinokor boʻlmay va oʻynash tutmay mahrlarini bersangiz, sizga haloldir. Kim iymonni inkor qilsa, uning amali bexuda ketadir va oxiratda u ziyon koʻruvchilardan boʻladir.

Sharh:
(Islom musulmonlarga ahli kitoblarning soʻygan soʻyishlari halol qilingan. Bu oyatda “taom” soʻzi qoʻllangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, choʻchqa yoki boshqa harom hayvonlarning goʻshti, aroqqa oʻxshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi oʻz-oʻzidan hammaga maʼlum. Asli oʻzi halol boʻlgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib oʻtildi. Demak, bu yerda gap goʻshti asli halol boʻlgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida soʻyilgan boʻlsa, halol boʻlishligi haqida ketmoqda.)

@Namoz_vaqti1