Get Mystery Box with random crypto!

QVZ ni kutganlar diqqatiga! Quvnoqlar va zukkolar ko'rik ta | NamDU Ma'naviyat bo'limi



QVZ ni kutganlar diqqatiga!

Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining Namangan davlat universiteti "Rektor kubogi" bellashuvlariga start beramiz...

Har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etishi mumkin. Saralash o'yinlari jamoalar soniga qarab belgilanadi.

Bellashuvlar fevral oyining boshida bo'lib o'tadi (aniq sanasini jamoalar ro'yxatdan o'tgandan so'ng e'lon qilamiz).

G'olib jamoalarga quyidagi tartibda pul mukofotlari taqdim etiladi:

-o'rin: 5 170 000 so'm;
-o'rin: 4 136 000 so'm;
-o'rin: 3 102 000 so'm
.

Ishtirok etishni istagan talabalar fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari va yoshlar yetakchisi bilan maslaxatlashgan holda jamoa shakllantirishlari mumkin.

Shakllangan jamoa sardorlari ariza berish uchun @sh_sultanov telegram manzili yoki infografikada berilgan raqam bilan bog'lanishlarini so'raymiz.

Namangan davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti