Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli professor-o’qituvchilar va aziz talabalar! Sizlarni mu | Matematika fakulteti axborot xizmati

Qadrli professor-o’qituvchilar va aziz talabalar!

Sizlarni muborak Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Hajru-ehson, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ’ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo’llab-quvvatlash mohiyatini mujassam qilgan bayram barchamizga muborak bo’lsin!


Yana bir bor barchangizni o’z nomimdan Qurbon Hayit bayrami bilan muborakbod etaman!

Oilalaringizga, jamoаmizga baxt-saodat, tinchlik va hotirjamlik tilayman! Barchamizni yuksak insonparvarlik va fidoyilik fazilatlari tark etmasin! Barcha ezgu niyatlar ro’yobga chiqsin!

Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz tinchligi yo’lidagi ezgu ishlarimiz muvaffaqqiyatli bo’lsin.

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka hech qachon tark etmasin!

Matematika fakulteti dekani:
R. Imomov


@namdu_matematika_fakulteti