Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT E’LON!!! Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘z | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

DIQQAT E’LON!!!

Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalarining OTM bosqichi tanlovida hujjatlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:

1. Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda);
2. Dekanat tavsiyanomasi;
3. Ilmiy rahbarining xulosasi
4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda;
5. Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar);
6. Ilmiy-ijodiy ishlarning elektron nusxalari;
7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa);
8. Passport nusxasi;
9. Ma’lumotnoma (obyektivka);

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 11-iyul
Soat 16:00 ga qadar

Murojaat uchun tel: +998934950259

TANLOV SHARTLARI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari NIZOMI

Batafsil: @NamDU_iqtidor

https://t.me/namdu309