Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guru | Namangan davlat universiteti 🇺🇿



Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhlari tomonidan Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Manzil:
Navoiy davlat pedagogika instituti, soat 10:00;
Davlatobod tumani “Yangi Oʼzbekiston - yoshlar ziyo maskani axborot kutubxonasi”, soat 10:00;
Termiz davlat universiteti, soat 10:00.

Unda hududdagi barcha yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek, oʻz tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Qabulda oliy taʼlim muassasalari talabalari, abituriyentlar, professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda ushbu muassasalarga hujjat topshirish istagini bildirgan yoshlar, shuningdek ularning ota-onalari ishtirok etishlari mumkin.
_______________________

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Samarqandda sayyor qabul oʻtkazadi

Bugun soat 10:30da Samarqand davlat universitetida Vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning yosh olimlar, bitiruvchilar va abituriyentlar uchun sayyor qabuli tashkil etiladi. Samarqand viloyati  yoshlarini ushbu qabulda faol ishtirok etishlarini soʻrab qolamiz. 

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube