Get Mystery Box with random crypto!

#Akademik_litsey_faoliyatidan Namangan davlat universiteti a | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

#Akademik_litsey_faoliyatidan
Namangan davlat universiteti akademik litseyida 11-12 aprel kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasining Bilim va malakalarni baholash sho‘basi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlarini olish bo‘yicha test sinovlari o'tkazilmoqda.

Imtihonlar PQ-4910-sonli qarorga asosan bepul tarzda o'tkazilmoqda. Sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan (fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa) imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube