Get Mystery Box with random crypto!

Futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi sport turla | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi sport turlari boʻyicha rektor klubi tashkil etiladi

Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha oʻz klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar oʻtkazib boradi.

Qoʻshimcha 300 ming yoshning xususiy markazlarda til oʻrganish xarajatlariga 100 milliard soʻm subsidiya ajratiladi.

Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga oʻtkazilib, har yili 100 ming nafar yoshni qamrab oladi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube