Get Mystery Box with random crypto!

Rasyomon effekti – bir voqeani tasvirlashda, har bir guvoh ayt | NamDCHTI Zakovat

Rasyomon effekti – bir voqeani tasvirlashda, har bir guvoh aytgan ma'lumot boshqa guvohning fikrlari bilan mos kelmasligi. Yani, bir hodisani insonlar turli xil tasvirlaganda ishlatiladigan termin.

Effekt o'z nomini yapon rejissyori – Akira Kurosovaning shu nomli filmidan olingan. Film 1950-yil suratga olingan. Film "Oskar" va "Oltin globus" mukofotlariga ega chiqqan va Yaponiya filmlari uchun dunyo eshigini ochib bergan. Keyinchalik bu film ta'sirida ko'plab filmlar suratga olingan. Film o'zidan "Rashomon effect" (Rasyomon effekti) nomli nazariya qoldirgan. Bu effektga ko'ra, bir  narsaga turli nuqtai nazardan qarash tushuniladi. Masalan, eng mashhur misol: 6 yoki 9 ni qaysi tarafidan qarashingizga qarab son o'zgarishi mumkin. Bu filmda bir qotillikni to'rt nafar guvoh to'rt xil tasvirlaydi.

Effekt, guvoh voqeani tasvirlashda o'zining fantaziyasidan voqeaga yangi detallar qo'shishi (voqeaga yanada intriga qo'shish uchun) oqibatida vujudga keladi.