Get Mystery Box with random crypto!

Yangi Oʻzbekistonda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi | Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Yangi Oʻzbekistonda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi

Namangan davlat universitetida yoshlar bilan ishlashni yangi tizimi, ularning siyosiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzosi M.Parpiyev, Namangan viloyati prokuraturasi boʻlim prokurori B.Dadaboyev, Namangan shahar prokurori yordamchisi B.Xolboyev, Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J.Erkinboyevlar ishtirok etishdi.

Dastlab prorektor N.Dexkanov joriy yilning 11-aprelida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Soʻngra M.Parpiyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, B.Dadaboyev va B.Xolboyevlar yoshlar huquq va erkinliklari sohasidagi oʻzgarishlar haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Tadbir davomida faol va iqtidorli talabalarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook