Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor, oʻtgan yildan boshlab, ilk marotaba mahallalar | NAMANGAN VILOYATI SPORTI

Xabaringiz bor, oʻtgan yildan boshlab, ilk marotaba mahallalardagi 16-30 yoshdagi nogironligi boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazilishi joriy etilgan.

2023-yilda esa, bu musobaqalarimiz uch bosqichda, yaʼni tuman (shahar) bosqichi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi hamda Respublika final bosqichi tizimida tashkil etiladi.

Bugun “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining birinchi, tuman (shahar) bosqichiga start berildi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan 34 500 ga yaqin nogironligi boʻlgan yoshlarimiz beshtashabbus.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtkazildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube