2024-04-15 07:15:49
#Tabrik
15-aprel - "Madaniyat va san'at xodimlari kuni"
Madaniyat va san’at sohasining zahmatkash va fidoyi vakillari!Hammamizga ayonki, inson qalbiga olijanob fazilatlar, ezgu his-tuyg‘ularni singdirib, jamiyatni birlashtirish va taraqqiy ettirish, xalqni, Vatanni dunyoga tarannum etishda madaniyat va san’atning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
Bugungi kunda o‘zining qaynoq mehr ifodasi bilan xizmat qilib kelayotgan teatr, sirk, kino, tasviriy va amaliy sanʼat, folklor va mumtoz maqom sanʼati vakillari, o‘qituvchi va murabbiylar, shoir va adiblar, xonanda, sozanda va bastakorlar, dramaturg va rejissyorlar, sahna rassomlari va texnik xodimlar, hunarmandlar, muzeyshunoslar, respublikamiz hududlarida ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etib, elimizga sidqidildan xizmat qilayotgan sohaning barcha xodimlari, jamiki ijod ahlini bayram bilan tabriklaymiz.
Doimo elimiz ardog‘ida bo‘linglar!!!
@namanganlive24
19.9K views04:15