2024-05-30 15:54:15
UZCARDning «Manzillar yaqinroq» aksiyasi doirasida jamoat transportidan yanada hamyonbop foydalaning!
Yangiyo‘l, Termiz, Qarshi, Samarqand, Zarafshon, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan va Qo‘qon shaharlari aholisi uchun qoyilmaqom yangilik!
Endi siz jamoat transportida ATTO validatori orqali yo‘l haqi to‘lash uchun UZCARD NFC kartangizdan foydalansangiz, o‘z-o‘zidan har bir to‘lov uchun 610 so‘m chegirmaga ega bo‘lasiz.
Agar sizda UZCARDning yangi namunadagi kartasi hali ham bo‘lmasa, havotirga o‘rin yo‘q! Shahringizdagi istalgan tijorat bankida uni ochish mumkin.
Jamoat transportidagi har kunlik qatnovingizni yanada hamyonbop qilish imkoniyatini boy bermang.
Aksiyaga qo‘shiling va bugundanoq pulingizni tejashni boshlang!
Aksiya shartlari bilan ushbu havolada batafsil tanishing: https://uzcard.uz/uz/manzillar_yaqinroq
19.1K views12:54