Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirl | Namangan IIB | Rasmiy kanal

Mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Uychi tumani IIB boshlig‘ining o`rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati podpolkovnik Nasriddin Sayfiddinov boshchiligida kriminogen vaziyati og‘ir “qizil hudud”ga kiruvchi “Mashad” mahallasida shaxsiy tarkib bilan navbatdagi yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan aholining yashash sharoiti, ularning mavjud muammo va takliflarini yaqindan o‘rganish va qonun doirasida ijobiy hal etish choralarini ko‘rishga alohida e'tibor qaratilib, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar hamda jinoyat sodir etgan va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning yashash xonadonlariga borilib, ularning turmush-tarzi o‘rganildi va oila a'zolari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube