Get Mystery Box with random crypto!

Qozog‘istonda ish joyida spirtli ichimlik ichgan hokim ishdan | Namangan Yangiliklari

Qozog‘istonda ish joyida spirtli ichimlik ichgan hokim ishdan olindi
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi qishloqlardan birining hokimi Baurjon Bo‘ztayev ish joyida spirtli ichimlik ichgani uchun lavozimidan chetlashtirildi. Bu haqda Ekibastuz shahar hokimi matbuot xizmatiga tayanib, “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri xabar berdi.

Axloqiy kengash a’zolari qonunni qo‘pol buzgani uchun hokimni “lavozimidan ozod etish tarzidagi intizomiy javobgarlikka” tortishni tavsiya qilgan. Bungacha Baurjon Bo‘ztayev davlat xizmatida ishlagan vaqtida intizomiy jazoga tortilmagan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Qozog‘iston Davlat xizmati ishlari agentligiga qishloqda yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, Bo‘ztayev mast holatda navbatchilik qilayotganini aytgan. Axloq komissari buni tekshirishga borgan va ma’lumotni tasdiqlagan. Hokim ham aybiga iqror bo‘lgan va qishloqqa suv toshganida uni oldini olish jarayonida sovuq qotgani va “isinish” uchun spirtli ichimlik ichganini aytgan.

Shundan so‘ng Bo‘ztayev unga yana bir imkon berishlarini so‘ragan, qishloq aholisi esa uni lavozimidan chetlashtirmaslikni, hokimga yengilroq jazo qo‘llashni yoqlagandi.