2022-04-09 04:32:21
RAMAZON.
Bugun tong otadi,ajib o'zgacha,
Quyosh nurlaridan falak o'zgacha,
Onalar shukrona aytar o'zgacha
Ramazon oyida kunlar o'zgacha.
Ramazonda yangrar go'zal yallalar,
Eshikdan mo'ralar shirin bolalar.
Qolmas hech dillarda g'amli nolalar,
Musulmon xalq uchun totli pallalar.
Tong sahar duola boshlanar har ish,
Unut bo'lar bu kun arazu,tashvish,
Savoblar bajarar har inson yumush,
Yurmagay tillarda,og'riqli mish-mish.
Niyatla dasturxon tuzab,to'ldirib,
To'xtamas nafsni bu kun o'ldirib,
Ibodat qilinar,dilni suydirib,
Shaytonni yig'latib,yana kuydirib.
Ramazon aytaman,yurtim tinch bo'lsin,
Hirmonlar bug'doy-u,donlarga to'lsin,
Momolar,go'daklar ko'rmasinlar g'am,
Yurtboshi yurtimning ravnaqin ko'rsin.
IRODAXON QOSIMOVA.
https://t.me/Najva_Uz
564 viewsedited 01:32