Get Mystery Box with random crypto!

Hafta yakunida «Najot Ta'lim»da bo'lib o'tuvchi musobaqalar | Najot Ta'lim

Hafta yakunida «Najot Ta'lim»da bo'lib o'tuvchi musobaqalar

Frontend veb-dasturchilar uchun bilimlarni amaliyotda sinash imkoniyati

11-iyun — yakshanba
kuni soat 09:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor va Farg'ona filiallarida «Frontend veb-dasturlash» yo'nalishida musobaqa bo'lib o'tadi.

Bellashuvda ishtirok etish uchun sizdan HTML, CSS, SCSS, JAVASCRIPT (DOM), React JS yoki Vue JS va mantiqiy fikrlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.

Musobaqa jamoaviy tarzda tashkil etilmoqda. Unda har biri 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishi mumkin.

Bellashuvda g'olib bo'lish orqali EduOn ta'lim platformasidan 6 mln so'mli ta'lim grantlari va quyidagi sovg'alarga ega bo'lasiz:

1-o'rin: 3 ta «Rapoo VH-530» quloqchin;
2-o'rin: 3 ta «Borofone» powerbank;
3-o'rin: 3 ta noutbuk sumkasi;

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

***

Grafik dizaynerlar o'rtasida navbatdagi katta «battle»

Bu hafta shuningdek, 11-iyun — yakshanba kuni soat 10:30 da markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida Grafik dizaynerlar uchun ham musobaqa o'tkaziladi.

Ushbu musobaqada g'olib chiqqan ishtirokchilarga EduOn platformasidan umumiy qiymati 6 mln so'mli ta'lim granti va quyidagi sovg'alar taqdim etiladi:

1-o'rin: «XP-Pen» grafik planshet;
2-o'rin: «MI band 7» smart soat;
3-o'rin: «Rapoo VH-530» quloqchin;

Ro'yxatdan o'tish

Musobaqa shartlari shu kuni ustozlarimiz tomonidan ochiqlanadi. Bilimlaringizni amaliyotda sinash va tengdoshlaringiz bilan netvorking o'rnatish istagida bo'lsangiz, musobaqaga marhamat!

P.S. Har ikkala musobaqada ham barcha ishtirok etishi mumkin.