Get Mystery Box with random crypto!

«Najot Ta'lim» Farg'ona filialining ochilish marosimi bo'lib o | Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim» Farg'ona filialining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor 25-aprel — seshanba kuni «Najot Ta'lim»ning Farg'ona shahridagi filiali to'liq ishga tushgani munosabati bilan tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Ochilish marosimi atmosferasi fotosuratlarda

1500 dan ortiq kuzatuvchilar ishtirokida o'tkazilgan ochilish marosimiga Farg'ona shahri hokimi Vosiljon Shuhratovich Nazarov, IT-Park direktori Farhod Zairovich Ibragimov va boshqa ko'plab mehmonlar tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida coffee break va markaz bo'ylab sayohat hamda Selfmade jamoasi a'zolari bilan master-klass tashkil etildi.

Ma'lumot o'rnida, 1500 kv.metr maydonda qad ko'targan «Najot Ta'lim» Farg'ona filialida 1500 nafar o'quvchiga ta'lim berish rejalashtirilgan. Binoning 516 kv.metr maydoni kovorking hududlari uchun ajratilgan bo'lib, o'quvchilar undan 24/7 formatda foydalanishlari mumkin.

Vodiylik do’stlarimizni markazimizning Farg’ona filialida kutib qolamiz.

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot