Get Mystery Box with random crypto!

Ichimizdagi dardlardan biri Yana bir grant saralashi yakunlan | Najot Ta'lim

Ichimizdagi dardlardan biri

Yana bir grant saralashi yakunlandi… (bu haqida pastroqda)

Musulmon sifatida bir narsadan juda ham qiynalamiz, odamga alam qiladi. Qisqacha aytaman...

Tibbiyotda o’qiyotgan ayol-qizlarni maksimal darajada qo’llab-quvvatlash kerak. Ularga moddiy yordam berish, o’qish sifatini yanada oshirish uchun sharoit yaratish kerak. Ayniqsa ayollar jarrohlarini, mammologlarni, anasteziologlarni umuman olganda ayollarni davolaydigan barcha turdagi ayol shifokorlarni rivojlantirish/ko’paytirish juda ham muhim.

Shunda siz ayolingiz yoki mahramingizni erkak stomatolog yoki jarrohga ko’rsatmas edingiz. Sarson bo’lib ayol ginekolog qidirib yurmas edingiz. Bu masala aslida shunchalik dolzarbki, hattoki butun boshli xayriya tashkilotlarini ham jalb qilishga arziydi. Bilasizmi nimaga, e’tibor bering, tibbiyotda o’qiydigan ayol qizlarning katta qismi zo’r o’qiydi, lekin moddiy tomondan qiynalganligi uchun o’qishi sustlashadi.

Najot Ta’lim tomonidan bo’lg’usi shifokor ayol-qizlar uchun e’lon qilingan grantdan ham ko’zlangan maqsad aynan shunda edi. Ozgina bo’lsada ularga yengillik qilaylik, shoyadki bu qilingan ishdan kimdir ruhlanib shu g’oyani qo’llab quvvatlasa deymiz.

Topshirilgan arizalar ichidan 5 ta odamni tanlab olish juda ham og’riqli ishonasizmi… Juda ham…

Kimningdir ota-onasi vafot etgan, kimningdir o’zi nogiron, kimdir oilada ko’p farzand yana kimdir birovning qaramog’ida… Xullas ularni bir-biridan ustun qo’yish juda ham qiyin.

Topshirilgan arizalarning barchasini bir narsa bog'lab turadi: hammada mablag' muammosi. Xatlar shunchalik dard bilan yozilganki, odam o'qib ezilib ketadi, qani edi hammasiga yordam bersak deysiz.

Xatlar orasidan 5 nafar nomzod tanlab olindi. Tanlab olish jarayonida maqsad, holat hamda yo'nalishga qaraldi. G'oliblarni tabriklaymiz, o'qishlariga omad tilaymiz!

Xudo xohlasa, bu loyiha bundan keyin ham qo'llab quvvatlanadi. Homiylar chiqsa qolganlarga ham yordam beriladi.

@alizairov