Get Mystery Box with random crypto!

​​300 000 $ grant yutib, eng nufuzli oliygohda tahsil olayotga | Najot Ta'lim

​​300 000 $ grant yutib, eng nufuzli oliygohda tahsil olayotgan o’zbek talabasi bilan ochiq suhbat

Yosh
bo’lishiga qaramasdan, imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o’z shijoat, g’ayrati bilan atrofdagilarga namuna bo’la oluvchi insonlar bilan birgalikda samimiy suhbat tashkil etib kelayotgan yangi, interaktiv ko’rsatuv – “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi soni hayratingizga sabab bo’la oladi.

Uning bu galgi mehmoni dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri Karnegiy Mellon universitetida grant asosida tahsil olib kelayotgan o'zbek talabasi — Yusufbek.

Suhbat davomida, Yusufbekning IT olami biz o’ylaganimizdan ham ko’ra keng soha ekanligi, bugungi kunda yoshlarning eng katta xatosi maqsadni to’g’ri qo’ya olmayotganliklari hamda TOP universitetlarga kirish uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi to’g’risidagi fikr va tavsiyalardan boxabar bo’lishingiz mumkin.

Videoni to’liq ko’rish orqali, mehmonimiz tomonidan maxsus sovg’aga ega bo’lish imkonini qo’ldan boy bermang.

Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Havola