Get Mystery Box with random crypto!

Offline darslarimiz boshlanganidan xabaringiz bor. Uning ikkin | NAJOT NUR

Offline darslarimiz boshlanganidan xabaringiz bor. Uning ikkinchi kuni ham ajoyib tarzda oʻtdi.

Ikkinchi kunning asosiy mavzusi kitob bo‘ldi. Darsimizda taniqli vloger, Youtubedagi "Kutubxonachi" loyihasining asoschisi Abdulaziz Muhammad ham ishtirok etib, kitob mutolaasi bilan bog‘liq ko‘plab tavsiyalar berdi.

Dars mobaynida oʻquvchilarga kitobdan toʻgʻri foydalanish va toʻgʻri oʻqishning chiroyli nutqqa ta'siri amaliy keyslar bilan tushuntirib berildi.

Siz ham oflayn darslarimiz haqida ma'lumot olishni istasangiz, izohlar qismida “+” belgisini qoldiring!