Get Mystery Box with random crypto!

Nutq orqali insonlarga ta’sir o‘tkazish Ushbu mavzu O‘zbekist | NAJOT NUR

Nutq orqali insonlarga ta’sir o‘tkazish

Ushbu mavzu O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tashkil etilgan mahorat darsida atroflicha muhokama qilindi.

Har bir inson notiq bo‘lishi mumkinligi, o‘zida ishonchni paydo qilish va hayajonni yengish uchun nimalar qilish kerakligi haqida so‘z borgan trening mavzusi Notiqlar va teleradioboshlovchilarni tayyorlash markazi rahbari, o'zbek tilidagi audiokitoblardan iborat “Audionoma” loyihasi muallifi va asoschisi Najot Nur tomonidan yoritib berildi.

Trening davomida nutqni rivojlantirishning amaliy jihatlariga doir mashqlar ko‘rsatib o‘tildi. Kitoblar, xususan, badiiy kitoblarning inson hayoti va nutqiga ta’siri haqida qiziqarli statistikalar haqida ma’lumot berildi. Nutqni rivojlantirish, auditoriya oldida o‘zini tutish, talaffuzdagi muammolarni qay yo‘sinda bartaraf etish bo‘yicha tajribalar o‘rtoqlashildi.

Tadbir qiziqarli va savol-javoblar asosida o‘tib, uning yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Agarda sizda nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish istagi bo‘lsa Najot Nur tomonidan tashkil etilayotgan ushbu havola orqali 3 kunlik bepul vebinarda ishtirok etishni tavsiya qilamiz.

www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in