Get Mystery Box with random crypto!

BEPUL VEBINAR KANALI Yaqinda kuzatuvchilarimiz orasida inter | NAJOT NUR

BEPUL VEBINAR KANALI

Yaqinda kuzatuvchilarimiz orasida intervyu o‘tkazganimizda, ularning deyarli barchasi o‘z nutqi bilan omma e’tiborini qozonishni, jarangdor ovoz bilan chiroyli, ta’sirchan, lo‘nda va tushunarli nutq so‘zlashni istashlarini bildirishdi. Istak borligi yaxshi, ammo natijaga erishish uchun mehnat qilish lozim.

O‘zimning navbatdagi 3 kunlik bepul vebinarimda nutqni rivojlantirish va kamchiliklarni bartaraf etib, omma oldida his-hayajon va qo‘rquvsiz nutq so‘zlash sirlari bilan bo‘lishmoqchiman.

Men, Najot Nur - nutqni rivojlantirish yo‘nalishida 11 yildan buyon murabbiylik qilib kelaman. Shu paytgacha bizda tahsil olgan 2400 dan ortiq yurtdoshlarimiz orasida talabalar, tadbirkorlar, murabbiylar, biznes egalari, diniy soha va siyosat olami vakillari bor. Ular o‘z nutqlari ustida ishlab, hayot yo‘li va ish karyeralarida qisqa vaqt ichida sezilarli ijobiy natijalarga erishib kelmoqdalar.

21, 22, 23-fevral kunlari “Omma oldida his-hayajon va qo‘rquvsiz nutq so‘zlash” mavzusidagi vebinarimda ishtirok etgan har bir kishi natija olishi kafolatlanadi. Mutlaqo bepul bo‘lgan mazkur 3 kunlik vebinar davomida nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlab, uni mashqlar yordamida birgalikda rivojlantiramiz.

Mavzu sizni qiziqtirgan bo‘lsa, video ostidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va maxsus Telegram kanaliga a’zo bo‘ling!

@najotnuruz

BEPUL VEBINAR KANALI