Get Mystery Box with random crypto!

Notiqlikni o‘rganish qiyinmi? Har qanday kasb yoki hunarni | NAJOT NUR

Notiqlikni o‘rganish qiyinmi?

Har qanday kasb yoki hunarni ipidan ignasigacha, professional darajada o‘rganishni maqsad qilsangiz, albatta, katta-kichik qiyinchiliklarni yengib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo bu chekinish uchun asos bo‘la olmaydi.

Agar qiyinchiliklardan cho‘chib, yarim yo‘ldan qaytsangiz, hayotda hech qanday natijaga erisha olmaysiz. Egallamoqchi bo‘lgan kasbingizga mehringiz buyuk, maqsadingiz oliy bo‘lsa, mashaqqatlar ko‘zga ko‘rinmaydi va muammolarga yechim topiladi.

Zotan, qalovini topsang, qor ham yonadi, deb bejiz aytishmagan. Xulosamiz: notiq bo‘lmoqchimisiz, avvalo, sohani seving, keyin esa kasbning barcha sir-asrorlarini asl mutaxassislardan bosqichma-bosqich o‘rganib, yuksak marralarga erishing.

Siz-chi, siz bu haqida nima deb o‘ylaysiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring!

P.S: 6-fevral sanasidan notiqlik bo‘yicha bir yarim oylik oflayn darslarimiz boshlanadi. Unda ishtirok etishni istasangiz @notiqlikmahorati ga yozishingiz mumkin!