Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchi har qancha dono bo‘lma | NAJOT NUR

Birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchi har qancha dono bo‘lmasin, birdaniga 3-,4-sinfga o‘ta olmaydi. Har qanday bino ham bittalab g‘ishtlarning qo‘yilishidan qad rostlaydi. Xuddi shunday muvaffaqiyatga ham pog‘onama-pog‘ona, bosqichma-bosqich erishiladi.

Yagona sharti — harakatni boshlash! Agar orzularingiz osmon qadar bo‘lsa ham, ishonch, bilim va intilish bilan harakat qilsangiz, albatta, erishasiz. Ammo ularni dangasaligingiz, qo‘rquvingiz sabab amalga oshira olmasligingiz ehtimoli yuqori.

Yangi bilimlarni egallang va yuqori marralarni zabt eting. Biz Sizga yordam berishga doimo shaymiz!

@najotnuruz