Get Mystery Box with random crypto!

Tez aytishning nutqqa taʼsiri bormi? “Oq choynakka ko‘k qo | NAJOT NUR

Tez aytishning nutqqa taʼsiri bormi?

“Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq”. Qani, shu tez aytishni bir nafasda bir necha marta qaytarib ko‘ring-chi. Ko‘pi bilan 2 marta to‘g‘ri aytib, keyin adashib ketdingiz, shundaymi? Tilingiz aylanmay qoldi-a? Xuddi shu kabi nutq so‘zlayotganingizda ham tez gapirsangiz, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilib, adashib ketyapsizmi?

Shu tez aytishlarni ko‘p qaytarib yursangiz, tilingiz qiyin so‘zlarni ham oson talaffuz qila oladi. Bundan tashqari, ko‘pchilik oldida nutq qilayotganingizda ham uyalib qolmaysiz. Tilingiz burro, so‘zlaringiz aniq va gaplaringiz butun bo‘ladi.

Qani, ketdik! “G‘ani g‘ildirakni g‘izzillatib g‘ildiratdi”.

@najotnuruz