Get Mystery Box with random crypto!

Chiroyli nutq nimaga tayanadi: aqlgami yoki talaffuzga? Bir-b | NAJOT NUR

Chiroyli nutq nimaga tayanadi: aqlgami yoki talaffuzga?

Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan so‘z, gap, fikrlarni chiroyli tarzda talaffuz qilsangiz ham bu tinglovchi uchun tushunarsiz va yoqimsiz bo‘lishi, hatto anchagina g‘alati eshitilishi ham tabiiy.

Chunki har qancha bezakdor gapirmang, unda ma’no-mantiq bo‘lmasa, hech kimga qiziq emas. Ammo, demak faqat matnimizning aqlli bo‘lishi muhim ekan-da, degan tushunchaga ham borib qolmang.

Agar siz o‘ta dolzarb, qiziqarli, kerakli mavzuda chiqish qilayotgan bo‘lsangiz-u, ovozingiz jarangdor, fikringiz tiniq bo‘lmasa, sizni eshitishlari qiyin. Shuning sababdan, notiq uchun fikr tiniqligi ham, talaffuz sofligi ham, nutq ravonligi ham birdek ustuvordir.

Rasmiy sahifalar najotnur.taplink.ws