Get Mystery Box with random crypto!

​ Keling, ko‘ring, tinglang va taʼlim oling! Sof, ravon, chi | NAJOT NUR

Keling, ko‘ring, tinglang va taʼlim oling!

Sof, ravon, chiroyli, tushunarli, taʼsirchan va albatta to‘g‘ri so‘zlashishni istaysizmi? Qayerda qaysi so‘zga urg‘u berish kerakligini, qanday so‘zlardan foydalanish muhimligini, suhbatdoshingiz sizni jon qulog‘i bilan tinglashi va siz bilan bir marta hamsuhbat bo‘lganlar doimiy ravishda siz bilan muloqotga oshiqishlarini xohlaysizmi? Ehtimol, suxandon, jurnalist bo‘lish orzuingiz bordir?

Biz sizga yordam berishga tayyormiz! Taniqli teleradioboshlovchi, mahoratli suxandon, shirali ovoz sohibi, «Аudionoma» audiokitoblari asoschisi Najot Nur tashkil etgan notiqlik markazida qariyb 10 yildirki, notiqlik mahorati darslari o’tib kelinadi.

Ushbu kursning yana bir afzalligi shundaki, siz uyingizda o‘tirgan, yoki asosiy o‘qish-ishingizdan ajralmagan holda, dunyoning istalgan nuqtasida turib onlayn tarzda taʼlim olishingiz mumkin. Mazkur darslar davomida siz,
• Talaffuz;
• Аrtikulyatsiya;
• To‘g‘ri nafas olish;
• Ovozni sozlash;
• Nutqiy kamchiliklarni to‘g‘rilash;
• Nutq tezligini meʼyorida ushlash;
• Nutq erkinligi;
• His-hayajonni yengish;
• Omma oldida nutq soʼzlash;
• Urg‘uni to‘g‘ri qoʼllash;
• Nutqni tizimlashtirish;
• Kamera oldida o‘zini tutish kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni oshirasiz. Darslar asosan amaliy mashqlar bilan olib boriladi. Davomiyligi esa 21 kun. Bitiruvchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.

Biz Sizga faqat aʼlosini tavsiya qilamiz. Zero, Siz shunga loyiqsiz! Unutmang, qaysi kasb, yo hunar egasi bo‘lishingizdan qatʼi nazar, go‘zal nutq muvaffaqiyatingizning asosidir. Orzuingiz sari qadam tashlang!

Kursalarga ro‘yxatdan o‘tish

+998712000650