Get Mystery Box with random crypto!

​ Qaysi oyda tug'ilgansiz?  Tuģulgan oyingizga qarab qanday xa | 🌹QALBGA YO'L🌹❤️

​ Qaysi oyda tug'ilgansiz? 
Tuģulgan oyingizga qarab qanday xaraktirga ega ekanliginngizni bilib oling.
 

YAnvar

Kirishimliligingiz sabab atrofdagilar bilan tez til topishasiz. Sizni sevganlarni chin dildan qadrlaysiz. Ichki dunyongiz go'zalligi tashqi qiyofangizda namoyon bo'ladi. Orzularingizning cheki yo'q. Ular ushalishiga ishonib yashaysiz. Kamchiligingiz, doim diqqat-markazda bo'lishni istaysiz, agar biror davrada e'tibordan chetroqda qolsangiz, arazlab, to'ningizni teskari kiyib olmang.

Fevral

Aqlli va dunyoqarashi keng insonsiz. Ich-ichingidan romantikaga oshufta bo'lsangiz-da, hayotga real qaraysiz. Birovning qo'liga qarab o'tirishga tobingiz yo'q. Barcha ishlarni bir o'zingiz bajarishni yoqtirasiz. Jahlingiz tez chiqsa-da, buni yashira olshingiz tahsinga sazovar. 

Mart

Istarasi issiq, sirli, yoqimtoy, qo'li va ko'ngli ochiq Ko'p gapirishni yoqtirasiz. Tez jahlingiz chiqadi. Tanbeh berishga ustasiz. Maqtov eshitish esa jonu dilingiz. So'nggi urfdgi kiyimlarni kiyishingiz, doim o'zingizga e'tiborli bo'lishingiz shart. Atrofdagilarga ham shunday munosabatda bo'ling.

Aprel

hazilkash, quvnoq, o'jar, sergap va hotamtoysiz! Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo'lasiz. SHuning uchun ishdayam oshig'ingiz olchi. YAngiliklardan doim boxabarsiz. Sport bilan shug'ullanish, musiqa tinglash, dam olish va sayyohatga chiqish jonu dilingiz.

May

Ushbu oyda tug'ilganlar qaror qabul qilishga usta bo'lishadi. Murosai madoraning ustasi farangi ekanliklari bois ulardan yaxshi rahbar chiqadi. Qo'rqmasdan maqsadlari sari intiladi. hamisha kulib turgani uchun xafa qilishga botina olmaysiz. SHu sabab do'stlari ko'p. his-hayajonga beriluvchan, dilidagi tilida. Salbiy tomoni, juda e'tibortalabdirlar.

Iyun

YOzning ilk oyida tug'ilgan «ichimdagi top» deydiganlardan. Xotirajam, dunyoni suv bossa, to'pig'iga chiqmaydi. G'ururi baland. Bitta insonni sevadilar va ular uchun sadoqat muhim. Rashk olovini bir yoqsalar o'chirolmay, olam ovora. Do'stlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Rahbarlik qobiliyati kuchli.

Iyul

Betakror va ko'ngli toza YAngi do'stlar bilan tanishishni xush ko'rasiz. Istagingiz, zavqu shavqqa to'la hayot kechirish. SHu sabab muammolarga duch kelganda o'ziningizni yo'qotib qo'yasiz. Biroz vazminroq bo'ling, hayotga jiddiy qarang. 

Avgust

Ko'nglingiz bo'sh. Ammo hamma narsa nazoratingizda bo'lishini xohlaysiz. O'zingizga ishonchingiz baland. Suvni ko'rmaguncha etikni yechmaydiganlar toifasiga kirasiz. Tasavvur olamingiz boy. Qiziquvchansiz. Kuchliligingiz va irodangiz o'rnak bo'lishga arzigulik.

Sentabr

Jasoratli Do'stlaringiz davrasida bo'lish yoqadi sizga. E'tibortalabsiz-u, ammo odamlarning diqqatini o'zingizga tortishni bilmaysiz. Soxtalikni xushlamaydigan, samimiysiz. hayotda biroz faolroq bo'lsangiz, ko'p narsaga erishasiz.

Oktabr

Xotirangizga gap yo'q. Voqea-hodisilarga juda e'tiborlisiz. O'zingiz istagan narsalarga erishish uchun chin dildan harakat qilasiz. Olma pishib, og'zingizga tushishini kutmaysiz. hazilga ustasiz. Doim kulib yurasiz.

Noyabr

Qaysar, ba'zi paytlarda qahri qattiq irodasi kuchli. Ularni yupatish oson. hamma joyda tartibni va mas'uliyatni talab qilishadi. Adabiy asarlar o'qishni va san'atni yaxshi ko'radi. Sayohat qilish donu dili. Kechirish va unutishni o'rganishsa, yashashlari oson bo'lardi.


Dekabr

CHiroyli, ta'sirchan va faolsiz! YAqinlaringizdan yordamingizni ayamaysiz. So'z bilan hamma narsani tushuntirib bera olasiz-u, ammo atrofdagilarni tinglashni bilmaysiz. Doim shoshib yurasiz. Sabrliroq bo'ling, shunda muammolar girdobida qolib ketmaysiz.

Бизнинг канал:

https://t.me/nafisa_erkinbaevna