Get Mystery Box with random crypto!

MATEMATIKA_NABIXON

Telegram kanalining logotibi nabixon_matematika — MATEMATIKA_NABIXON M
Telegram kanalining logotibi nabixon_matematika — MATEMATIKA_NABIXON
Kanal manzili: @nabixon_matematika
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 192
Kanalning ta’rifi

🥉 IZhO-2021
🎖 IMO-2021
🏅 NCUMC-2022
🥉 IMC-2022
🥈 NCUMC-2023
🙃 to be continued...

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-04-12 00:04:00
Matematika ixlosmandlari uchun bomba yangilik!

Uyingizdan uzoqlashmagan holda, matematikani mukammal darajada o‘rganishinigiz mumkin.

Bizning hamyonbop online darslar orqali talaba bo‘lish yanada osonroq!

Buyuk kelajagingiz uchun hoziroq bizga qo‘shiling:
BATAFSIL
+998-90-555-20-34
60 viewsNODIRXON, 21:04
Ochish/sharhlash
2023-04-11 22:00:46 #shunchaki_masala

9 ta savatda 4 ta, 5 ta, 7 ta, 8 ta, 12 ta, 13 ta, 14 ta, 23 ta va 24 ta tuxum bor. Kimdir tuxum sotib olishni xohlasa qaysidir savatdagi hamma tuxumni sotib olishi kerak. Kamoljon bilan Foziljonning har biri 4 tadan savat sotib olishdi. Agar Kamoljon sotib olgan tuxumlar soni Foziljon sotib olgan tuxumlar sonidan 3 marta ko‘p bo‘lsa, sotib olinmagan savatda nechta tuxum bor?

Yechimlaringizni kutib qolamiz!
61 viewsNODIRXON, 19:00
Ochish/sharhlash
2023-04-11 18:28:43 #shunchaki_masala A={1, 2, 3, ... ,9} to‘plamni ixtiyoriy ravishda ikkiga ( 2 ta o‘zaro kesishmaydigan va birlashmasi A bo‘luvchi qism to‘plamlarga) ajratganimizda ham, bu ikki qism to‘plamning kamida 1 tasida shunday 3 ta son topilishini ko‘rsating,…
63 viewsNODIRXON, 15:28
Ochish/sharhlash
2023-04-09 22:34:39 Universitet Talabalari uchun Turkmaniston Ochiq Matematika Olimpiadasi-2021 (OMOUS-2021)

A guruh masalalari hamda ularning yechimlari. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Nabixonov Nabixon

MATEMATIKA_NABIXON

Eng saralari va eng yaxshilari Siz uchun!
75 viewsNODIRXON, 19:34
Ochish/sharhlash
2023-04-08 16:27:48 ШУМ БОЛА

Шундоқ деди, қуллуқ қилиб,
Гапни қўйиб жойига
Янги замон Шум боласи
Янги замон Бойига:

«Қошингизга яна келдим,
Қулоқ солинг, Бой ота,
Сидқи дилдан хизмат қилай,
Ишга олинг, Бой ота.

Фазилатим кўпдир, яна
Айбимни ҳам айтганман.
Лекин энди янги замон,
Мен ёлғондан қайтганман.

Чунки энди ёлғонни ҳеч
Айбгина деб бўлмайди.
Алдаганни бало урмас,
Алданган ҳам ўлмайди.

Шарт эмас Шум бола бўлиш,
Ёлғон букун осондир.
Газет тўла, китоб тўла,
Мажлис тўла ёлғондир.

Иннайкейин демай туринг,
Қулоқ солинг, Бой ота.
Сидқи дилдан хизмат этай,
Ишга олинг, Бой ота.

Ўн кишилик меҳнат қилиб,
Парча нонга тўяман,
Бир айбим бор, фақат баъзан...
Рост гапириб қўяман».

Бой отанинг жаҳли чиқди,
Деди: – Кўнглим зормиди?
Ёлғонингга чидаб эдим,
Рост гапинг ҳам бормиди?

Йўқол, сени ишга олсам
Хонавайрон бўламан.
Ёлғонингдан омон қолдим,
Рост гапингдан ўламан!

Ғазаб билан ҳассасини
Қўлга олди Бой ота.
Янги замон Шум боласин
Қувиб солди Бой ота.

Эркин Воҳидов
131 viewsNODIRXON, 13:27
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:44:01 #shunchaki_masala

A={1, 2, 3, ... ,9} to‘plamni ixtiyoriy ravishda ikkiga ( 2 ta o‘zaro kesishmaydigan va birlashmasi A bo‘luvchi qism to‘plamlarga) ajratganimizda ham, bu ikki qism to‘plamning kamida 1 tasida shunday 3 ta son topilishini ko‘rsating, bunda ularning qaysidir ikkitasini yig‘indisi qolganining ikkilanganiga teng bo‘ladi.

Yechimlaringizni kutib qolamiz!
88 viewsNODIRXON, edited  06:44
Ochish/sharhlash
2023-04-06 05:47:56
#shunchaki_yechim
#talabalar_uchun
99 viewsNODIRXON, 02:47
Ochish/sharhlash
2023-04-06 05:19:33 #shunchaki_masala Toq darajali va haqiqiy koeffitsiyentli P(x) ko‘phad berilgan. Karrali ildizlarni hisobga olmaganda, P(P(x))=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari soni, P(x)=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari sonidan kam emasligini isbotlang. Yechim yozmasangiz…
99 viewsNODIRXON, 02:19
Ochish/sharhlash
2023-04-05 10:56:50
#shunchaki_masala
#talabalar_uchun

Yechimlaringizni kutib qolamiz!
94 viewsNODIRXON, 07:56
Ochish/sharhlash
2023-04-04 14:49:39 #shunchaki_masala

Toq darajali va haqiqiy koeffitsiyentli P(x) ko‘phad berilgan. Karrali ildizlarni hisobga olmaganda, P(P(x))=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari soni, P(x)=0 tenglamaning haqiqiy ildizlari sonidan kam emasligini isbotlang.

Yechim yozmasangiz ham, yechimlaringizni izohlarda kutamiz!
97 viewsNODIRXON, 11:49
Ochish/sharhlash