Get Mystery Box with random crypto!

Nilufar Ruxillayeva

Telegram kanalining logotibi n1lufarxonim — Nilufar Ruxillayeva N
Telegram kanalining logotibi n1lufarxonim — Nilufar Ruxillayeva
Kanal manzili: @n1lufarxonim
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.97K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Student of NUUZ
Alumini of Ibrat LC

Writer

Journalist
Speaker
Translator
🌍Popular creative works:
🇦🇷🇪🇬🇹🇷🇺🇸🇺🇾🇷🇺🇦🇿🇩🇪🇰🇬

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-10 19:00:06 Boshlaymiz
678 viewsNilufar Ruxillayeva, 16:00
Ochish/sharhlash
2023-01-10 18:50:24 10daqiqa qoldi
698 viewsNilufar Ruxillayeva, 15:50
Ochish/sharhlash
2023-01-10 18:49:55 10daqiqa qoldi
670 viewsNilufar Ruxillayeva, 15:49
Ochish/sharhlash
2023-01-10 18:37:13 #ishtirokchi55 Yo'nalish:Hikoya ----- - Aka, bugun maktabga borgim kelmayapti, Alisherning ushbu gaplari yigʻi aralash jarangladi. - Nega, nima bo'ldi, yoki kim bilandir xafalashib qoldingmi?, dedi Anvar. - Yoʻoʻq, unchalik ham emas, lekin.. - Nima lekin…
788 viewsNilufar Ruxillayeva, 15:37
Ochish/sharhlash
2023-01-10 18:36:44 #ishtirokchi55
Yo'nalish:Hikoya

-----

- Aka, bugun maktabga borgim kelmayapti, Alisherning ushbu gaplari yigʻi aralash jarangladi.
- Nega, nima bo'ldi, yoki kim bilandir xafalashib qoldingmi?, dedi Anvar.
- Yoʻoʻq, unchalik ham emas, lekin..
- Nima lekin, nima bo'ldi gapirsangchi.
- Narigi mahalladagi Qobilboyning oʻgʻli kecha maktabga yangi sumka taqib borgandi, shunga meni mazaxladi, nima emish birinchi sinfda berilgan sumkani taqarmishman. Alisherning yuzlari birov urgandek qizarib, yigʻlashga tushdi.
Anvar ukasining sumkasi haqiqatdan ham uzilgan, yirtiq joylari tikilaverib yaramaydigan boʻlib qolganini bilardi.
- Kel, ukaginam oʻzimni, meni sumkamni taqa qolgin, dediyu, shart sumkadagi kitoblarni uyning burchagidagi xontaxta ustiga qoʻyib, ukasiga uzatdi.
Ancha yilla avval Anvarning dadasi chet elga ishlagani ketgan, hozirgacha xabar yoʻq. Mahalladagi ayollarning aytishicha, oʻsha yerda oilasi bor emish. Biroq, Anvarning onasi Robiya opa buni hatto xayoliga ham keltirmas, turmush oʻrtogʻi oilasi uchun musofirchilikda yurgani, bir kun qaytishiga ishonardi.
- Agar pul kerak bo'lsa, kecha aytgan ishimni oʻylab ko'r.
Anvar rozilik ohangida boshini bir-ikki egdi.
Koʻchadagi bezori yigitlarning rahbari boʻlmish Shokir, sovuq insonning choʻntagini quritgan pallada, reja qilgan ishlarining hamma-hammasidab birin-ketin foyda olishini bilardi. Avval ham u jinoiy guruh tarkibida boʻlganligi sabab panjara ortida boʻlgan. Garov evaziga ozodlikka chiqqan boʻlsa-da,  kirlangan qalbining chizgan chizigʻidan chiqmasdi. Navbatdagi oʻljasi esa aynan Anvar. Anvarning soddaligi unga qoʻl keldimi, oldin unga unga yangi yil bahona shunchaki pirotexnika sotamiz deb ishontira olgandi. Anvar esa Shokirning aytganlarini qilar, aslida esa sodir boʻlayotgan voqealardan bexabar edi. U chindan ham boshida pirotexnika sotdi. Shokir uni qoʻlga oʻrgatgandan soʻng, asosiy ishga oʻta boshladi.
Anvar Shokirdan choy-chaqa puli  olsada xursand boʻlar, u goʻyoki oʻzini mustaqil pul topa oladigan shaxs, oila boqishga qurbi yetadigandek his qilardi.  Shokir esa Anvarga koʻproq pul berganda Anvar buning sababini soʻramadi, chunki u berilgan topshiriqni sitqidildan bajarardi.
- Yigitlar, barcha yigʻilsin, anavilarni ham chaqiring. Shokirning keskin ohangi, atrof sukunatni kesdi.
- Men senlarga necha marta aytay, borgan joylaring toza boʻlsin deb. Koʻzini oʻqraytirgancha.
- Lapashang Sadir qoʻlga tushibdi. U shu tobda Umidga qaradi, chunki Sadirni guruhga Umid olib kelgandi.
- Agarda sotadigan boʻlsa, hech kim hech kimni tanimaydi, tushunarlimi,  dediyu orqa oʻgirib, ofis deb ataydigan xonasiga kirib ketdi.
- Anvar bo'laqolsangchi, tezroq yugur, Umidning  qichqirigʻi bilan politsiya serenasi  Anvarni shoshirib qoʻydi. Nima qilishni bilmas, qoʻlida ukasiga olgan sumkasi, hali sotib ulgurmagan  pirotexnikalariga angraydi. Nima yomon ish qilganiga tushunmasdi.
Keskin sodir vaziyat Anvarni javobsiz savollarga koʻmib tashladi.
Qochib qutulolmagani bois politsiya uni turmaga olib ketdi.
- Koʼryapsanmi bularni, tergovchi Usmonov Anvarning oldiga qutiga joylangan kichik paketchalarni otdi.
-  Xo'sh, maqsading nima senlarni sendaqalarni deb qancha oila, yosh-avlod xarob bo'ldi, jamiyatga foydang tegadimi oʻzi. Usmonovning gaplarini qo'riqchi boʻldi,
- Tergovchi Usmonov sizni, hali gapi tugamasdan.
- Kutib tursin, dedi keskin ohangda hatto unga qaramasdan.
Usmonov Anvarni batafsil oʻrganib chiqdi. Anvar esa turma burchagida ming xil xayollar bilan bir hafta oʻtkazdi. Bilishicha, u pirotexnika emas, giyohvand modda sotganini, Shokirning nega bunchalar jon kuydirib gapirganini tushundi.
Uzoqdan qadam tovushi eshitildi, eshik toʻsatdan ochildi.
- Salimov Anvar, rasmiy ohangda ism-familiyasini eshitgan Anvar boshini koʻtarishi bilan Usmonovni ko'rdi.
- Meni sen tenggi yakka-yu yagona oʻgʻlim bor edi, u sekin Anvarning yelkasiga qoʻlini qoʻydi. Har doim ishlarim sabab oilamga, farzandimga e'tibor bermasdim. Ish, ish deyaverdim, natijada, goʻzal oilam, mehribon farzandimni qoʻldan boy berdim.
678 viewsNilufar Ruxillayeva, 15:36
Ochish/sharhlash
2023-01-10 17:50:31 #ishtirokchi88
Yo'nalish:she'riyat

Yangi Oʻzbekiston
Bizlar katta yoʻlga  chiqmoqdamiz dadil,
Qaddimiz magʻrurdir tik boshlarimiz.
Boʻrondek yeladi tomirda shiddat,
Ahti qatʼiy yurtning alp yoshlarimiz.

Bizga umid bogʻlar hur Oʻzbekiston,
Qoʻllaydi bizlarni barcha sohada.
Yangi vatanimiz zar varoqlarin,
Yozamiz poytaxda vodiy vohada.

Kimdir musiqaga boʻlgan chin oshno,
Kimdir kitobsevar kuchli bahodir.
Ilm fan rivoji bizlarga yoʻldosh,
Yangi yoshlar bugun har nega qodir.

Onajon jonajon jon Oʻzbekiston
Bizlarga hamisha hamisha ishon!!
            ( Marjona Xoltoyeva)
15 -maktab  8-sinf bitiruvchisi
864 viewsNilufar Ruxillayeva, 14:50
Ochish/sharhlash