Get Mystery Box with random crypto!

#ishtirokchi90 Yo'nalish:she'riyat Qish zavqi Erta tongdan | Nilufar Ruxillayeva

#ishtirokchi90
Yo'nalish:she'riyat

Qish zavqi

Erta tongdan qor yog‘di,
Bo‘ldi hamma yer oppoq.
Qorbobolar yasalar
Qo‘lga qo‘lqop kiygan chog‘.

Hamma qirg‘a chopadi
Chanalarini olib.
Laylak qor ham tinmaydi,
Dilga quvonchni solib.

Ey, qadrdon do‘stlarim
Sizga aytsam aslini.
Aslo bekir o‘tkazmang
Ilhomiylik faslini.

Bahora Shodmonqulova

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani "Qaqnus" to‘garagi a‘zosi